O‘quv mashqlari - xayot darslari

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi rejasiga asosan, joriy yilning 4-6sentabr kunlari “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqining maqsadi rejaga asosan shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila natijasida tumanning aholi yashash punktlari, ijtimoiy va iqtisodiyot ob’ektlarida vayronalar sodir bo‘lib, zilzila oqibatida shartli ravishda ikkilamchi yong‘inlar kelib chiqdi. Ushbu hududlarda vaziyat bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va boshqaruv shtabiga yetkazish, birlamchi qidiruv ishlarini olib borish, mahallalarda tashkil etilgan ko‘ngilli qutqaruv guruhlari hamda FVDT xizmatlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy harakatlar boshlandi.

Rejaga asosan tuman Boshqaruv organlari, Fuqaro-muhofazasi boshliqlari va hamkorlikdagi xizmatlar rahbarlariga Zafarobod tumanida o‘tkazilayotgan maxsus taktik o‘quv mashqi (MTO‘M)ning mazmun mohiyati, uning maqsadi va mashq davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy harakatlar bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, viloyat FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari, FVDT kuch
va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari yuzasidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda zilzila natijasida jabrlangan fuqarolarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yuzaga kelgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etish hamda ularning moddiy boyliklarini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari amaliy tarzda tekshiruvdan o‘tkazildi.

Viloyatning tegishli FVDT xizmatlari va hamkorlikdagi tashkilotlarni yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun tungi vaqtda ham harakatlanishi tekshirib ko‘rildi.

Zafarobod tumani hududida joylashgan “Bo‘ston” ShFYda istiqomat qiluvchi aholi yashash uylari zilzila natijasida shartli ravishda o‘rta darajadagi talofat va vayronalar ko‘rib, 100 nafardan ortiq fuqarolardaog‘ir, o‘rta va yengil jarohatlar aniqlangan. Kommunal tizimi (gaz quvurlari, suv ta’minoti, elektr energiyasi) tizimlarida avariyalar yuzaga kelgan.Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlar olib borildi.

O‘quv mashqi yakuni bo‘yicha Zafarobod tuman FVDT xizmatlari, tashkilot, idora va xizmatlarning o‘quv nuqtalaridagi harakatlari, topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida ularni bartaraf etish borasida qator chora - tadbirlar belgilab olindi.

Davlat ramzlari