Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O'zbekistonda zilzila sodir bo'ldi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:44da O‘zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd etildi.

Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 389 km uzoqlikda janubiy yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi hududida qayd etildi (38,71 N, 66,09 E).

Zilzila magnitudasi M=3,6.

Zilzila chuqurligi N=10 km.

Zilzila kuchi Qarshi shahrida -3 ballni tashkil etgan.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech