Yuz bergan hodisa bo‘yicha axborot

2019 yil 8 aprel kuni soat 11:32da Termiz shahri, “Do‘stlik” MFY, A.Navoiy ko‘chasi, 10-uyning 1-qavatida joylashgan “Termiz Orzu-omad” MChJga (rahbari 1983 y.t. B.Imomaliev) tegishli do‘konning qurilish mollari saqlanadigan erto‘la omborida (podvalida) gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Natijada 2 nafar fuqaro voqea joyida xalok bo‘lgan.

Xalok bo‘lgan fuqarolar:

  1. Raxmatullo Abduraxmonov, 1958 y.t.
  2. Rajabali Imomaliev, 1962 y.t.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Davlat ramzlari