FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Andijondagi tibbiyot birlashmasida kelib chiqqan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Hodisa bugun soat 18:42da Andijon viloyati Andijon tumani Shifokor ko‘chasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in sodir bo‘layotgan joyga Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borgan. Ma'lum bo‘lishicha, yong‘indan binoning 100 kv.m maydon tom va shift qismi yonib zarar ko‘rgan. Binoda bo‘lgan 20 nafar bemor o‘z vaqtida xavfsiz joyga evakuasiya qilingan. Shu sababli insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohat olishi qayd etilmagan.

Yong‘in bir necha daqiqada tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilarining sa'y-harakatlari natijasida binoning 500 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech