FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Angrenda sodir bo‘lgan YTH yuzasidan birlamchi ma'lumot

2021 yil 24 may kuni soat 09:30larda Angren shahridan o‘tuvchi A-373 avtomobil' yo‘lining 184 km.da “Namangan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib, o‘zidan oldinda temir yo‘l kesishmasiga yetmay to‘xtagan. Natijada “Lasetti”, “Kobal't”, “Jentra”, “Neksiya-3”, “Matiz”, “Neksiya-3” va “Lasetti” rusumli avtomobillari bilan to‘qnashib, YTH sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida “Lasetti” rusumli avtomobili yongan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Tan jarohati olgan fuqarolar Angren shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB va Angren shahar FV bo‘limi, IIB, Prokuratura va SSB hamda tezkor-tergov guruxi xodimlari chiqishgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech