Bugun, 20 dekabr kuni soat 07:50 da Toshkent shahar Uchtepa tumani “Farhod” ko‘chasida “O‘rikzor-Do‘mbirobod” 125-yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan..
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56 da yetib borib, yong‘in soat 08:00 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.