Axborot xabar

2017 yilning 6 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida yo’lovchi tashuvchi poyezdi bilan avtobus to’qnashib ketgan. Natijada, O’zbekiston fuqarolari vafot etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mudofaa vazirligining maxsus samolyoti orqali jabrlangan va vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarishni tashkil etish doirasida Hukumat komissiyasini tuzish to’g’risida ko‘rsatma berildi. 

YTHga uchragan fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan choralar ko’rilmoqda.

Jabrlangan hamda vafot etganlarning yaqinlariga Hukumat tomonidan barcha zarur yordamlar ko’rsatiladi.