O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘raJoriy yilning 3-5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan;
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut. Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo'rg‘on, Poyariq. Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor. Nurota. Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent. O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg’on tumanlarida;
Farg’ona viloyati: So’x, Farg'ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon. Asaka, Jalalquduq, Qo’rg'ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo’jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.