Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 8 iyulida O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9-10 iyul kunlari Respublikamizning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 8 iyulida O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9-10 iyul' kunlari Respublikamizning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.
7 iyulda Qoraqalpog‘istonda, 8-10 iyul' kunlari respublikaning barcha hududlarida ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba'zi joylarda esa changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan kuchli shamol kuzatilganda ko‘chada harakatlanmaslik, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘raydi.
O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang.