O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 10-12 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.