Axborot xabarnomasi

Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma'lumotga ko‘ra Joriy yilning 2 may kuni soat 02:39 larda Qozog‘iston Respublikasi G‘arbiy-Qozog‘iston oblasti, Akjaik rayoni, Lbiyensk qishlog‘i hududidan o‘tuvchi «Uralsk - Atirau» avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan d/r 01/136 ZDA/UZ “MAN” rusumli yuk avtomobili bilan d/r K 832 CK/123 RUS “Setra” rusumli avtobus (avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan) to‘qnashgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi natijasida, quyidagi 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vafot etgan:

  1. Nematov Olim, 1978 y.t. (“MAN”rusumli, yuk avtomobil haydovchisi, yashagan manzili: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Furqat ko‘chasi, 22-uy).
  2. Gafurov Farid, 1975 y.t. (“Setra”rusumli avtobus haydovchisi, birlamchi ma'lumotga ko‘ra, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashagan).

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari birgalikda vafot etgan fuqarolar bo‘yicha ma'lumot ularning yaqin qarindoshlariga  yetkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar  rejalashtirilmoqda.

Davlat ramzlari