Axborot xabarnomasi

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchib kelgan yo‘lovchi samolyot “Pulkovo” aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketgan.  Mazkur holatning kelib chiqishiga ob-havo yomonligi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Aniqlanishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 21:59da qo‘ngan, biroq samolyotni boshqarish vaqtida yo‘lakdan chiqib ketgan. Samolyot bortida 241 nafar yo‘lovchi, 15 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kimga shikast yetmagan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasi tomonidan “Pulkovo” aeroportida tergov olib borilmoqda.

Mazkur reysga oid ma’lumotlarni aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasidan +7-911-780-00-11 hamda «Toshkent» aeroportining +99878-140-28-01, +99878-140-28-02, +99878-140-28-03, +99878-140-28-04 raqamlardan olish mumkin.

Manba: https://www.uzairways.com

 

Davlat ramzlari