FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

Axborot xabarnomasi

Joriy yilning 26 fevral kuni taxminan 10:30da Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikasining isitish qozonxonasida qozon portladi. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatning kelib chiqishiga, isitish qozonining nosozligi sabab bo‘lgan.

Avariya natijasida, voqea joyidan uzoq bo‘lmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan Andijon shahri 4-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari jabrlangan. Aniqlanishicha, 9-sinfning 18 nafar o‘quvchilari va ularni kuzatib borgan 4 nafar o‘qituvchilari yengil jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, o‘rta darajadagi jarohatlangan ikki nafar o‘quvchilarga tezkor yordam ko`rsatilgan. Ularning ham salomatligi qoniqarli darajada.   

Mazkur holat yuzasidan, sodir bo‘lgan vaziyatning kelib chiqish sabablari, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Andijon shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari hamda “Uztransgaz” mutaxassislari tarkibidan iborat komissiya tuzildi.  

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech