Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Axborot xabarnomasi

2019 yil 28 yanvar kuni soat 21:00larda Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyati Batken rayoni hududidan o‘tuvchi “Osh-Batken-Isfana” avtomobil yo‘lining 207-kmda harakatlanib ketayotgan d/r 40 D 091 PA “Neksiya” rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan Qirg‘iziston Respublikasining “Mersedes-sprinter” rusumli furgon avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTX natijasida “Neksiya” avtomobili xaydovchisi hamda uning
4 nafar yo‘lovchilari (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari)voqea joyida xalok bo‘lgan.

Vafot etgan fuqarolarning jasadlari Batken rayon shifoxonasi morgiga olib borilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech