Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Beshyog‘och ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 18-yanvar kuni soat 18:08 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan hozirda ish faoliyati to‘xtatilgan kafeda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:15 da yetib borib, yong‘in soat 18:30 da qurshab olingan va soat 18:33 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bino ichidagi tahminan 50 kv.m. maydonda chiqindilar yongan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech