FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Bo‘stonliq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan 5 nafar fuqaro qutqarildi

2021 yilning 15  avgust kuni soat 10:30da Toshkent viloyati Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining navbatchilik qismiga Bo‘stonliq tumani “Yangiovul” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasidagi orolchada 5 nafar fuqaro  qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ma'lum bo‘lishicha, fuqarolar Chirchiq daryosi bo‘yida dam olish maqsadida daryo o‘zanida joylashgan orolchaga o‘tib borishgan. Ammo suv sathining keskin ko‘tarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmagan.

Mazkur holat bo‘yicha Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan 5 nafar fuqaro maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech