FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in o‘chirish mashinalari tomonidan suv sepilayotgan jarayonlar aks etgan videolar keng tarqaldi.

Mazkur holat vazirlik tomonidan to‘liq nazoratga olinib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu vaziyat respublikamizning Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida yuzaga kelganiligi ma'lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.

Hodisa yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xodimlarga intizomiy ta'zir choralari ko‘riladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech