FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Buxoro viloyati Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan birlamchi ma'lumot

2021 yil 16-noyabr kuni soat 14:50da Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida “61-Avtokorxona” MChJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqizish maqsadida, yer 5-6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oralig‘da kavlangan holda, 1000 mm. li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni o‘pirilib, ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ikki nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura rahbariyati va tezkor-tergov guruhi chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech