Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasidagi omborxonada sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 24 yanvar kuni soat 09:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushdi.

Shunga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borib, yong‘in soat 10:57 da qurshab olindi va soat 12:58 da bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 600 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma'lumot kelib tushmadi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech