Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Chilonzor tumanidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 23-dekabr kuni soat 16:37 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Xonto‘pi” MFY Diydor 5-tor ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risda tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:39 da yetib borib, yong‘in soat 17:22 da qurshab olingan va soat 17:33 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 250-300 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech