FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Chust tumani “Bibiona” MFYda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 15 sentyabr kuni soat 10:52da Namangan viloyati Chust tumani “Bibiona” MFY Bibiona ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushdi.

Zudlik bilan tuman FVBning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 11:04da voqea joyiga yetib borib, soat 11:07da yong‘in o‘rab olingan va soat 11:55da o‘chirilgan.

Yong‘indan xonadonning taxminan 170 kv.m maydonda tom,  shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.    

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech