FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, respublika bo'yicha yomg'ir yog'ib, kechga yaqin kuchayadi, shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog'ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq – 2*S iliq bo'ladi.

DIQQAT! "CHIMYON" HUDUDIDA QOR KO‘CHKISI XAVFI MAVJUD!

"CHIMYON" hududida 2022-yilning 15-yanvar soat 08:00 dan 16-yanvar soat 08:00 gacha QOR KO‘CHKISI XAVFI e'lon qilindi.

Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va "DIQQAT! QOR KO‘CHISHI XAVFI MAVJUD" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni soʻraymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech