FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Dovonda ikki inson hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 12-oktyabr kuni soat 18:30 larda “Qamchiq” dovonining 240 km. da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l tagidan suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketgan.

Zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari, Yo‘l-patrul xizmati va Tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelishgan.

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Shundan so‘ng maxsus avtokran yordamida suv o‘tkazuvchi inshootdan avtomashina chiqarib olindi. Bu vaqtda YPX xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta'minladilar. Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida ikki inson hayoti saqlab qolindi.

Hozirda shifokorlar tomonidan yengil tan jarohati olgan ikkila fuqaroga ham uyga javob berilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon orqali harakatlanganda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech