FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

FVV qutqaruvchilari tomonidan “O‘zbegim” savdo majmuasida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 25 may kuni soat 12:00 da Andijon shahar Cho‘lpon shox ko‘chasida joylashgan “O‘zbegim” savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, Andijon viloyati FVB yong‘in-qutqaruvchilari  soat 12:0 2da voqea joyiga yetib borib, soat 12:45 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida bino tom va shift qismining 30 kv.m. maydoni zararlangan.FVV yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan majmua binosida bo‘lgan barcha fuqarolar o‘z vaqtida tezkorlik bilan evakuasiya qilinganligi sabab jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga viloyat FVB hamda tegishli tashkilotlar rahbariyati yetib borishgan. Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.   Eslatib o‘tamiz, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech