FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

FVV qutqaruvchilari tomonidan Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 25 iyun kuni soat 14:20da Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashxadiy ko‘chasida joylashgan “Peggy ‘ s Bar & Grill” MChJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Mazkur xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat14:27da yetib borgan. Yong‘in soat 14:48da o‘rab olinib, soat 15:03da batamom o‘chirildi.

Yong‘indan “Peggy ‘ s Bar & Grill” MChJ binosining 120 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash bo‘lgan uyning 30 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kv.m maydon  saqlab qolingan.  Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va   keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech