FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

FVV qutqaruvchilari Toshkent shahridagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 20 may kuni ertalab soat 08:00lar atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sergeli tumani 6-Navro‘z ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan yong‘in sodir bo‘layotgan joyga yetib borishib, bir necha daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etdilar . Yong‘inni kelib chiqish sabablari mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.

Ushbu hodisada jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech