FVV ogohlantiradi:
17 noyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Hafta uchun bashorat

 Dam olish kunlari respublikamiz hududlariga Turkmaniston hududlaridan janubiy siklon kirib kelishi kuzatildi, buning natijasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘di, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ldi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi. Shu kunlarda havo harorati kechasi 3-8o iliqni, kunduzi 10-15o iliqni, yomg‘ir paytida 5-10o iliqni tashkil etdi. Dushanba kuni beqaror ob-havo saqlanib turadi. Kun davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 5-10o iliq bo‘ladi.

Respublikaning shimoliy hududlariga hafta boshida antitsiklon kirib keladi. Respublika hududlarining qolgan qismi antitsiklonning yuqori maydoni periferiyasida bo‘ladi. Buning hisobiga hafta davomida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5o iliq bo‘ladi, kunduzi 0-5o iliqdan 10-15o iliqgacha o‘zgarib turadi. Shimolda harorat kechasi 5-7o sovuqgacha pasayadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech