FVV ogohlantiradi:
16 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 20-25 C iliq bo'ladi.

Haftalik bashorat

4-5 fevralda Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5 fevralga kechasi va kunduzi 0-5o iliq, ba’zi joylarda 2o sovuqgacha pasayadi.

6 fevralda respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7o sovuq, kunduzi 2o sovuq-3o iliq bo‘lishi kutilmoqda.

7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 7 fevralda kechasi 2-7o sovuq, kunduzi 2-7o iliq; 8 fevralda kechasi 2-7o sovuq, kunduzi 5-10o iliq bo‘lishi kutilmoqda.

9 va 10 fevraldan yana Volga bo‘yi hududlaridan havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechalari 0-5o sovuq, kunduz kunlari 3-8o iliq atrofida bo‘ladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech