2021-yil 9-10 oktyabr kunlari A-373 “Toshkent - O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni xududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir - qor), vaqti- vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Avtoyo‘lda yaxvonlik yuzaga kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.