FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo oʼzgaruvchan, yogʼingarchilik kutilmaydi. Аyrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq, shimolda kechasi 17-22*S sovuq, kunduzi 8-13*S sovuq boʼladi.

Hurmatli hamyurtlar!

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil 23 fevral kunidan 26 fevral' kuniga qadar Respublikamiz hududida havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarimizdan ish va yashash joyida elektr uskunalari hamda isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech