Bugun, 9-noyabr kuni soat 18:34 da Qashqadaryo viloyati Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Pudina” MFY “Ziyoratgoh” ko‘chasida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:49 da voqea joyiga yetib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 19:22da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta yong‘in sodir bo‘lib turibdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot
- Qo'shildi: 09.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 229