Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent сity “Nest One“ atrofida nimalar bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar (https://t.me/MILITSIYA_UZB/59927) yuzasidan ma'lumot

Bugun, 5-may kuni soat 17:26 da Toshkent shahar Shayxontoxur tumanida joylashgan “Nest One” qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta'mirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech