FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

Jizzax shahrida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot

Bugun, 28 iyun kuni soat 05:40da Jizzax viloyati Jizzax shahar “Sangzor” MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, shoxobchadagi “Matiz” hamda “Nexia” rusumli avtomashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong‘in kelib chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etildi.

Ushbu holatda jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech