FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Karmana tumani hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'umot

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat kecha 7 iyun' kuni taxminan soat 15:52da Navoiy viloyati Karmana tumani, “Bog‘ishamol” MFY hududidagi “Zarafshon Golden Groop” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Shuningdek, yong‘in joiyda bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RShTYoIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zudlik bilan holat yuz bergan hududga yetib borgan va qisqa muddat ichida yong‘in bartaraf etilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech