FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Kogon tumanida yuzaga kelgan yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etildi

Bugun, 8 iyun kuni taxminan soat 01:09 da Buxoro viloyati Kogon tumani “Sarayon” MFY hududida joylashgan “Buxoro parranda” h/j.da yong‘in kelib chiqqan. Natijada, ushbu maskanning 500 kv.m ochiq maydonida 600 dona beda-press hamda yem xashaklar yong‘indan zarar ko‘rgan.

Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi 01:20 da yetib borib, 01:40da o‘rab olingan. Qutqaruvchilarning sa'y-harakati tufayli yong‘in soat 03:55da to‘liq bartaraf etildi. Shuningdek, yem-xashak saqlash binosining 100 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Hodisada halok bo‘lgan va jabrlanganlar aniqlanmagan

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech