Bugun, 13 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan.
Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi.