FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

“Labo” rusumli avtomobildagi yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 6 avgust kuni soat 09:21 da Navoiy shahar “Kimyogar” MFY A.Temur ko‘chasida joylashagan “Zarafshon Fayz Oil” MJChga qarashli AGTKShdan yoqilg‘i quyib chiqish vaqtida “Labo” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 09:23da o‘rab olinib, soat 09:25da batamom o‘chirilgan. Yong‘in natijasida avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil' shinalari yongan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Xozirda mutaxasislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech