FVV ogohlantiradi:
16 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 20-25 C iliq bo'ladi.

Maxsus xabarnoma (22.10.18)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan
olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “Buxoro-Nukus-Beruniy” avtomobil yo‘lining 680 km da harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli, d/r 95 E 960 GA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Kobalt” rusumli d/r 95 313 NAA avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

 YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

 Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

 Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech