Maxsus xabarnoma

2018 yining 5 dekabr kuni soat 18:25 larda Toshkent viloyati Oxangaron tumani hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 214 km da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli d/r 60 T 475 NA avtomobil, shu yo‘lning chet qismida to‘xtab turgan yo‘l ta’mirlash ishlari olib borayotgan “IVEKO” rusumli, d/r 01 079 ZEA avtokran avtomobilning orqa qismiga urilgan.

YTH natijasida, 4 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar fuqaro engil tan jaroxati olib, Angren shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Davlat ramzlari