Maxsus xabarnoma

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 28 dekabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Boybo‘l MFY hududida is gazidan zaharlanish natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan. Ushbu baxtsiz hodisa nostandart gaz balloni va isitish moslamasi (gorelkasi)dan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, qo‘lbola istish moslamasining dudburoni hamda yotoqxonada xavo almashish tizimi o‘rnatilgan tartibda bo‘lmaganligi sababli, suyultirilgan gazni yonishi natijasida xosil bo‘lgan is gazi xona ichida to‘plangan va fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan.

Hurmatli yurtdoshlar, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ida ishlaydigan isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qiling. Nostandart va qo‘lbola isitish pechlari hamda gaz ballonlaridan foydalanmang.

O‘zingiz va yaqinlaringizni is gazidan zaharlanishlaridan ogoh bo‘ling.

Davlat ramzlari