FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Maxsus xabarnoma

Havo harorati pasayishi bilan aholi orasida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar qayd etilmoqda.

Bu kabi hodisalarning kelib chiqishiga asosan isitish pechlari va bug‘ qozonlari dudbo‘ronlarining nosozligi sabab bo‘lmoqda.

Xususan, joriy yilning 22 oktabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Ostona qishlog‘ida isitish qozoni dudbo‘roni ichiga yoz paytida qushlar in qurishi uning nosozligiga olib kelgan. Natijada tabiiy gazni chala yonishi kuzatilib, 4 nafar fuqarolar (xonadon sohibi, uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi) ning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan.

Bugun, 28 oktabr kuni, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan biriga o‘rnatilgan bug‘ qozonining dudbo‘roni qozondan ajralib qolganligi sababli, xonadon ichida is gazi to‘planishiga olib kelgan. Natijada xonadon sohibi va 2 nafar oila a’zolari is gazidan zaharlanib vafot etishgan.

Aziz yurtdoshlar, kuz-qish mavsumida isitish pechlari va qozonlaridan foydalanishdan avval dudbo‘ronlarning sozligiga alohida e’tibor bering. Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech