FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

Molxonada yong‘in chiqdi

Joriy yilning 23 sentabr kuni soat 09 dan 08 daqiqa o‘tganda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Istiqlol ko‘chasi 91-uyning molxonasida yong‘in bo‘layotganligi to`g`risida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 09:16 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 09:35 da qurshab olingan va soat 11:05 da bartaraf etilgan. Yong‘indan molxonaning 80 kv.metr maydoni saqlab qolingan va alanganing yashash uyiga o‘tib ketishi oldi olingan. Yong‘in oqibatida molxonaning 90 kv.m maydonda tomi va u yerda saqlangan somon presslari yongan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech