FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Namangan shahrida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa joriy yilning 20-noyabr kuni soat 07:10 da Namangan viloyati Namangan shahar “Istiqbol” MFYda yuz bergan. Buning oqibatida ushbu manzil hududida joylashgan bir-biriga tutashgan uylar zarar ko‘rgan.

Voqea joyiga shahar FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:16 da yetib borgan, yong‘in soat 07:21 da qurshab olinib, soat 07:58 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘indan 4 ta uyning taxminan 300 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech