FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Navoiy viloyati Konimex tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan ma'lumot

2021-yil 23-dekabr kuni soat 23:30 larda Konimex tumani Karakata OFYning cho‘l hududidagi “Lolazor” nomi bilan ataluvchi konida tarkibida oltin zarralari bo‘lishi mumkin bo‘lgan kumlarni noqonuniy kavlab olish bilan shug‘ullanuvchi bir guruh fuqarolarni tosh-qum massasi bosib qolgan.

Zudlik bilan voqea joyiga viloyat FVBning kuch va vositalari hamda FVDTga kiruvchi xizmatlar yetib borgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Buxoro viloyatidan bo‘lgan 5 nafar fuqaroning jasadlari topilgan va sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish maqsadida, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Ushbu hodisa oqibatlarini bartaraf etishga 5 ta texnika va 63 nafar xodim hamda ishchi-xizmatchi jalb etilgan.
Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat bo‘yicha surishtiruv ishlarini amalga oshirish uchun Navoiy viloyati IIB va Konimex tuman IIB TTG xodimlari hamda Konimex tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan bu kabi noqonuniy qazish ishlarini olib bormaslikni so‘rab qoladi. Bu hayot uchun xavfli!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech