FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Og‘ilxonada sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Joriy yilning 9 avgust kuni soat 12:39larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Taraqqiyot” mahallasi Oltinsoy qishlog‘idagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi xaqida xabar kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borganlarida, yashash xonadonining og‘ilxonasida somon g‘arami yonayotganligi ma'lum bo‘ldi. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida og‘ilxonaning 20 m.kv maydoni tom qismi va 300 dona presslangan somon yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech