Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 17 yanvar kuni soat 10:49 da Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:54 da yetib borib, yong‘in soat 11:24 da qurshab olindi va soat 11:54 da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida omborxonaning taxminan 350 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech