FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Olot tumanida joylashgan “Imronnike” MChJ omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

2021 yil 9 aprel' kuni soat 15:45da Buxoro viloyati Olot tumani “Xalifa” MFYda joylashgan “Imronnike” MChJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:52 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:20 da qurshab olinib, 18:26 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Yong‘indan ob'ektning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. 

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech