O'zbekiston-Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo'ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 23.09.2018 da Toshkent vaqti bilan 22:02 (23.09.2018 da 17:02 Grinvich bo'yicha) O'zbekiston-Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo'ldi. Koordinatalar 39,68 gradus shimoliy kenglik, 68,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,7. Chuqurlik h=5 km. Toshkentgacha masofa 187 km janubiy-g'arbiy yo'nalish bo'yicha.
Zilzila O'zbekiston hududida:
Guliston: 94 km;2 ball
Jizzax: 72 km;2 ball

O’zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to’g’risida ma’lumot kelib tushmadi.

Davlat ramzlari