Profilaktika kuni munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot

2017 yilning 6 sentyabr Profilaktika kuni munosabati bilan Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining mutaxassislari, “Mahalla” fuqarolar yig‘inlari va hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shuningdek, korxona, tashkilotlar va o‘quv muassasalarida jami 142 ta joyda 6 511 nafardan ortiq aholi bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek, 4 ta suv havzalarining cho’milish taqiqlangan joylarida reydlar o`tkazilib, 136 nafar cho`milayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, o`tkazilgan tadbirlarda 879 ta mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatildi.