Profilaktika kuni munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan har haftaning chorshanba kunlari aholi orasida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

2017 yil 18 oktyabr kuni 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi, 42 ta umumta’lim maktablari va 37 ta kollej o‘quvchilari, 7 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, 14 ta idora va tashkilotlar ishchi-xodimlari bilan “Ogohlik muqaddas burch”, “Terrorizm – insoniyat dushmani”, “Zooantroponoz kasalligini oldini olish”, “Zilzila sodir bo‘lganda aholi harakati”, “Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Yo‘l transport hodisalarini oldini olish”, “Yong‘inlarning kelib chiqishining oldini olish”,  “Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish”, “Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda axborot berish tartibi”, “Ovqatdan zaharlanishlardan ehtiyot bo‘ling”, “Zararli termitlarga qarshi birgalikda kurashaylik”, “Quturish kasalligiga qarshi kurashish” va “Qirm-Kongo gemorragik isitma kasalligidan ehtiyot bo‘ling” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlarda jami 16 996 nafar aholi ishtirok etdi.